Янгиликлар
Xodim har yilgi mehnat ta’tilini olishi shart. Mehnat ta’tilini berish esa ish beruvchining majburiyati.
Xodim har yilgi mehnat ta’tilini olishi shart. Mehnat ta’tilini berish esa ish beruvchining majburiyati.
Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.
Misol uchun, xodim 25.12.2023 dan ish boshlagan. Uning ish yili 25.12.2023 dan 24.12.2024 gacha bo‘ladi. Misolimiz bo‘yicha har yilgi mehnat ta’tili ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar, ya’ni 24.12.2024 gacha (shu kuni ham) berilishi kerak.
Ko‘pchilik shu joyida kalendar yilga chalg‘ib ketib, xodimni 31-dekabrgacha ta’tilga chiqarsam bo‘ladi deb, xato o‘ylashadi. Ya’ni, xodimni kalendar yil tugagunga qadar emas, xodimning ish yili tugaguniga qadar uni ta’tilga chiqarish shart.
Yangiyo’l tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev