Янгиликлар
BOLANI ChETGA OLIB ChIQISh TARTIBI
BOLANI ChETGA OLIB ChIQISh TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM ga asosan
Bolaning yoshidan qa’ti nazar, dunyoning istalgan mamlakatiga olib chiqish uchun unga biometrik pasport rasmiylashtirish kerak.
❗️ Boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chiqishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab etiladi.
Doimiy yashash uchun chiqishda ota-onadan birining roziligi bo‘lmasligi yoki bolani olib chiqishga qo‘yilgan taqiq ichki ishlar organlari tomonidan biometrik pasportni rasmiylashtirish yoki davlat chegarasini kesib o‘tishni rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti M.Nurnazarov