Янгиликлар
SUD QANDAY HOLLARDA MA’MURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERIShI MUMKIN.
SUD QANDAY HOLLARDA MA’MURIY JARIMANI KAMAYTIRIB BERIShI MUMKIN.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 31-moddasiga ko‘ra,
quyidagi ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar huquqbuzarlik sodir qilgan shaxsga yengilroq ma’muriy jazo qo‘llanishiga yoki unga qo‘llanib bo‘lingan jarima miqdori sud hamda vakolatli shaxs tomonidan kamaytirilishiga asos bo‘lishi mumkin:
aybdorning sodir etgan huquqbuzarligidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;
aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to‘lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’sirida sodir etganligi yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi kabi holatlar mavjud bo‘lganda;
huquqbuzarlikning homilador ayol yoki 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti M.Nurnazarov