Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qachon sud arizani ko‘rmasdan qoldiradi.


Qachon sud arizani ko‘rmasdan qoldiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasiga asosan Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari

Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar:

1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;

4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;

5) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;

6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;

7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;

8) xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;

9) da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;

9-1) da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa va bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa;

10) da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

10-1) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;

10-2) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;

10-3) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;

11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa.

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti                              M.Nurnazarov