Янгиликлар
NIKOHDAN O‘TISh UChUN QAYSI JOYDAGI FHDYo BO‘LIMIGA MUROJAAT QILISh KERAK
NIKOHDAN O‘TISh UChUN QAYSI JOYDAGI FHDYo BO‘LIMIGA MUROJAAT QILISh KERAK
Oila kodeksining 212-moddasiga asosan,
Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan.
Bu degani qizig‘i yo‘q degani. Biringiz vodiy, yana biringiz vohadan ekanligingizni FHDYo bo‘limlariga ahamiyati yo‘q degani. Sizlarni doimiy yoki vaqtincha "Propiskangiz" qaerda bo‘lishidan qat’i nazar Sizlar O‘zbekiston bo‘ylab istalgan FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin va ular Sizlarni nikohdan o‘tkazib baxtli qilib qo‘yaveradi degani.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti M.Nurnazarov