Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma


O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma

 

Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Quyidagilar arizada ko‘rsatiladi:

  • pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
  • hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxs ovchilik guvohnomasining tartib raqami, ov qurolini olib yurish va saqlashga ichki ishlar organlari ruxsatnomasining tartib raqami (agar otish ko‘zda tutilsa);
  • hayvonlarni tutishning maqsadi;
  • baliq va boshqa suv organizmlarini tutishda — tutish qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar, ularning soni, kataklarning o‘lchami), suzish vositalari (katerlar, qayiqlar, motorlar va boshqalar);
  • hayvonlarni tutish muddatlari;
  • hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);
  • tutish usuli (tutish, otish);
  • tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlari.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
  • tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
  • xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 kundan oshmagan muddatda.

 

Yangi yo’l tumani Adliya bo’limi

YXKM Bosh yuriskonsult                                            Sh.Amriyev