Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi xodimlar ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantiriladi


Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi xodimlar ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantiriladi

 

 

                Bugungi kunda yosh avlodga sifatli ta’lim berish asosiy vazifalardan biri bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimiga yuqori salohiyatli kadrlarni jalb etish, amalga oshirilayotgan islohotlarning eng quyi tizimgacha yetib borishini ta’minlash, tizim xodimlarini munosib rag‘batlantirish hamda vertikal boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish orqali sifatli ta’limga erishish maqsadida joriy yilning 19 mart kunida “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga Prezident Farmoni qabul qilindi

Mazkur Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabrdan:

-umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

-umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;

-I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

 

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                      N. Anarqulova