Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi


Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

 

         Tamorqa yerlari va dehqon ho‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishb sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etishb mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va ekspertbop mahsulotlar yetishtirish maqsadida joriy yilning 28 mart kunida “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.

Qarorda 2025 yil 1 iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritilishi belgilangan.

Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olinadi.

2025 yil 10 aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.

2025 yil 20 aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.

2025 yil 1 maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.

Bundan tashqari, “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog‘, tokzor, anorzor, gulchilik va ko‘chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo‘yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Umuman olganda mahallalarda har bir aholi tomorqasidan maqsadli va samarali foydalanishdan iborat.

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                            N. Anarqulova