Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jonli ijro san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Keyingi yillarda mamlakatimizda konsert-tomosha sohasini yanada taraqqiy ettirish, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan shaxslar uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy estrada san’atini yanada ommalashtirish, madaniyat va san’atni innovatsion jihatdan rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga jonli ijro san’atini rivojlantirishni izchil davom ettirish, aholining jonli ijroga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish va uning iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, jonli ijroni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining jonli ijro san’atini rivojlantirish yo‘nalishidagi vakolatlarini, shuningdek konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida axborot berish tartibini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga, jonli ijro san’atini rivojlantirishga, iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga, jonli ijroni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.

 

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                          N. Anarqulova