Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi


Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

Mamlakatimizda 2025 yilda xotin qizlarning rolini oshirish ularning mavqeini oshirish maqsadi 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash; 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish; 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish; 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 14 mart kunida “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan boshlab, xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratilsa, ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

         Bundan tashqari, Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish; o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish; zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish; loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025 yil 1 iyulgacha ishga tushiriladi.

Qaror asosida, 2025 yil 1 maydan: o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish; kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.

Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                    N. Anarqulova