Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi


Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

 

Bugungi kunda qaerga qaramang chiqindilarga qo‘zimiz tushadi. Mana shunday poligonlarda chiqindilar to‘planishining oldini olish, atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirini minimallashtirish, chiqindilarni boshqarish, ularni qayta ishlash sohasini kompleks tizimlashtirish, muqobil energiya olish texnologiyalarini joriy etish va sohaning investitsion jozibadorligini yanada oshirish hamda investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida joriy yilning 24 mart kunida Muhtaram Prezidentimizning “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qabul qilindi.

Mazkur Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi, xususan:

-mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030 yilgacha 50 foizga qisqartirish;

-yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish.

-2026 yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.

Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30 yil muddatga tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizasiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

 

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                     N. Anarqulova