Янгиликлар
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun javobgarlik belgilandi
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun javobgarlik belgilandi
Ommaviy tartibsizliklar davlat siyosati va millat-ning xavfsizligiga tahdid solish va putur yetkazish, hukumat organlari faoliyatini beqarorlashtirish, jamiyat hayotini izdan chiqarish, jamoat tartibini buzish, turli mafkuralarni qo‘llab yoshlar ongiga rahna solish, davlat iqtisodiyoti va shaxsiy mulkka jiddiy zarar keltirish va insonlarning qurbon bo‘lishiga olib keluvchi siyosiy jinoyat turi hisoblanib, joriy yilning 27 mart kunida qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi
Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Qonunga ko‘ra, shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi -
BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘quvdan o‘tganligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.
Ommaviy tartibsizliklarga qarshi kurash fuqarolarimiz va shu qatorda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning qat’iy burchidiryu
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.Anarqulova