Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangidan guruh tashkil qilish tartibi qanday?


Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangidan guruh tashkil qilish tartibi qanday?

                Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizomning 40-bandida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangidan tashkil etiladigan guruhlar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari taklifiga ko‘ra, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarining buyrug‘iga asosan tashkil etilishi belgilangan.

         Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga muvofiq tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli topshirig‘i kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinishi nazarda tutilgan.

M.Parxatov