Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘qituvchi bir oylik malaka oshirishga borganda, unga qay tartibda ish haqi to‘lanishi lozim?


O‘qituvchi bir oylik malaka oshirishga borganda, unga qay tartibda ish haqi to‘lanishi lozim?

Mehnat kodeksining 280-moddasiga e’tibor bering! Unga ko‘ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo‘lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

MK 286-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

- xizmat safarlarida bo‘lganda;

- ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda.

MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko‘rsatilyapti. Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi hisoblanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko‘ra Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to‘lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo‘shimcha qismi) summasining o‘n ikkidan bir qismi o‘rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.

Mana shu qoidaga ko‘ra xodimning ustamalari uning o‘rtacha ish haqini hisoblashda qo‘shiladi.

Demak, sizga malaka oshirish davrida o‘rtacha oylik ish haqingiz to‘lab beriladi.

B.Salaev