Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Mahalla raislari saylovida nomzodni kim tomonidan va qanday tartibda ko‘rsatiladi?


Mahalla raislari saylovida nomzodni kim tomonidan va qanday tartibda ko‘rsatiladi?

 

         Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risidagi qonun 16-moddasi Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi belgilangan.

         Ushbu normaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

         Demak, mahallada raislika nomzodlarni tasodifiy odamlar emas, balki maxsus tuzilgan ishchi guruh ko‘rsatadi.

Ishchi guruh bu ishni qilishda shu mahallada doimiy yashaydigan fuqarolarning fikr-mulohazalarini hisobga olishi ya’ni, mahalla aholisining xohish-istaklari e’tiborga olinishi shart.

         Shuningdek, mazkur normaning ikkinchi qismi mazmuni dalolat beradiki, ishchi guruh nomzodlar haqidagi barcha kerakli hujjatlarni tayyorlashi va saylov o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun maxsus komissiyaga topshirishi kerak. Bu hujjatlar orasida har bir nomzodning "men roziman" degan mazmundagi yozma roziligi bo‘lishi shart. Ya’ni, nomzod o‘z xohishi bilan saylovda qatnashishi kerakligini tasdiqlaydi.

         Bunda hokim taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va har bir nomzod bo‘yicha o‘z xulosasini beradi. Bu xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi, ya’ni aniq sabablarga tayanishi kerak. Hokim o‘z xulosalarini komissiyalarga yuboradi, ular esa bu xulosalarni ishchi guruhga yetkazadi.

         E’tibor bering, hokim xulosasini olgandan keyin, ishchi guruh kelishilgan (ya’ni hokimlik tasdiqlagan) nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni saylovga kamida 5 kun qolganida fuqarolarga tanishish uchun e’lon qiladi.

         Bu e’lonlar mahalla binosi va guzarlarda (mahalla markazlari yoki odamlar to‘planadigan joylarda) osib qo‘yiladi. Bu bilan odamlarga nomzodlar haqida oldindan ma’lumot beriladi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

 

 

Sho‘ba boshlig‘i                                                                     B.Orifjonov