Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Musodara qilish to‘g‘risida


Musodara qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 27-moddasiga asosan: Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.

O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov