Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida


Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 29-moddasiga asosan: Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov