Янгиликлар
Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar to‘g‘risida
Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 32-moddasiga asosan: Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;
2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) huquqbuzarlikning mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qo‘llanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov