Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Jarima to‘g‘risida


 Jarima to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 25-moddasiga asosan: Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.

Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.

 

Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov