Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yengil tan jarohati yetkazish to‘g‘risida


Yengil tan jarohati yetkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 52-moddasiga asosan: Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, basharti ushbu Kodeksning 592-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov