Янгиликлар
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er ajratish tartibi
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er ajratish tartibi
«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi — er uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi er uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga buyurtma beradi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi 2 kun davomida er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Toshkent tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi Kurbanov Mirjalol