Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlari bartaraf etiladi


Ortiqcha ma'muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlari bartaraf etiladi

 

     Qonun (O'RQ-1021-son, 23.01.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

     Unga ko'ra, bir qator qonun hujjatlaridagi normalar amalga oshirishning muayyan mexanizmlari mavjud emasligi hamda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida o'z dolzarbligini yo'qotganligi, eskirganligi sababli qayta ko'rib chiqildi, shuningdek ba'zi normalarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.

      ✔ Bundan tashqari “Davlat mulkini xususiylashtirish to'g'risida”gi Qonunga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha kiritilmoqda.

    Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat