Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Elektrotexnika sanoati yanada rivojlantiriladi


Elektrotexnika sanoati yanada rivojlantiriladi

 

     “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-20-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi

     Qarorga ko'ra, Elektrotexnika sanoatini 2025–2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo'nalishlari belgilandi.

     2025-yil 1-fevraldan quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

      bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;

       korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha o'z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi;

       ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma'muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo'yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:

➖pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va Elektron kooperatsiya portalidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;

➖zarur tovarlar portallarda mavjud bo'lmasa, tasdiqlovchi ma'lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi;

Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o'rtasida elektron do'kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog'liq cheklovlarsiz o'tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to'g'risidagi sertifikat ma'lumotlari asosida shakllantiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar