Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Injenerlik maktablari tashkil etiladi


Injenerlik maktablari tashkil etiladi

 

      Qarorga muvofiq, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e'tiboran 3 yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:

     foyda solig'ining nol darajali stavkasini qo'llash;

     mol-mulkiga solinadigan soliqni to'lashdan ozod etish.

     Elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko'chmas mulk obyektlari bo'yicha to'lovlarini 10 yilgacha muddatda bo'lib-bo'lib to'lashga rozilik beriladi.

Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.

       2025–2027-yillarda “O'zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va o'rta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilishga ruxsat beriladi.

     Elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun yangi “Eltechexport” moliyalashtirish liniyasi joriy etiladi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul