Янгиликлар
Nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yig'im undirilmaydi
Nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yig'im undirilmaydi
Vazirlar Mahkamasining qarori (30-son, 22.01.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Unga ko'ra, Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:
▪maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari g'olibi bo'lgan yuridik shaxslar YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilishini amaliyotga tatbiq etiladi;
▪yuridik shaxsni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazishda soliq va kadastr ma'lumotlar bazalaridan qat'iy foydalanadi;
▪O'zbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yig'im undirilishidan ozod etiladi;
▪milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O'zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Tojiqulova Nazokat