Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-29-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-29-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi

        Qarorga ko'ra, 1996-yil 16-yanvardagi O'zbekiston va Turkmaniston Hukumatlari o'rtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari to'g'risida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar to'g'risida Bayonnoma tasdiqlandi.

      Bayonnoma 2024-yil 16-iyulda Toshkent shahrida imzolangan.

      Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

     Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

 

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM boshlig’i      

Niyozov Abdurasul