Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi


Rishtonda kulolchilik tarixi muzeyi ochiladi

 

      “Rishton an'anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo'lga qo'yish to'g'risida”gi Hukumat qarori (41-son, 28.01.2025 y.) qabul qilindi

       Qarorga ko'ra, Rishton an'anaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi.

     Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

    muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to'plash va saqlash;

    madaniy, ma'rifiy, ilmiy va ta'lim faoliyatini amalga oshirish;

    yoshlarni “ustoz-shogird” an'analari asosida kulolchilik hunariga o'rgatish;

    kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;

   ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

   chet el muzeylari bilan ko'rgazmalar tashkil etish borasida o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatish.

   Muzeyni tashkil etish bo'yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo'lga qo'yish belgilandi.

    2025-yil 1-aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to'liq moslashtiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos