Янгиликлар
Ma'muriy sudlar faoliyati takomillashtiriladi
Ma'muriy sudlar faoliyati takomillashtiriladi
“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-33-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta'minlash;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo'llash mexanizmlarini kengaytirish;
davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish;
ma'muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma'muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish;
davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta'sirchan mexanizmlarini to'liq joriy etish;
ma'muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdug’apparov Abbos