Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi


Ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi

   Qarorga ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi:

     qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

     ma'muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o'z huquqlarini himoya qilish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

     Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi:

▪davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma'muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

▪ma'muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv institutini joriy etish;

▪ ma'muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va sudning xususiy ajrimi bo'yicha choralar ko'rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rish vakolatini berish.

2025 yil 1 maydan tadbirkorlar tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo'yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalarni to'xtatib qo'yish tartibi joriy etiladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar