Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi


Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi

                

        “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi

       Farmonga ko'ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tugatiladi.

      Ipakchilik qo'mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo'mita va vazirliklarga o'tkaziladi:

    yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga;

     pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasiga;

Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho'l-yaylov ozuqabop o'simliklar urug'chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo'mitasi tizimiga;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O'zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimiga.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat