Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi


“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi

          Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

    ▪Veterinariya qo'mitasi muassisligida Qoraqalpog'iston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo'jaliklari (hududiy yaylov xo'jaliklari);

   ▪Veterinariya qo'mitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xo'jaligini rivojlantirish boshqarmasi;

   ▪Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorako'lchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish bo'yicha respublika komissiyasi.

    Hududiy yaylov xo'jaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, o'zlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida o'rmon xo'jaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.

    Yaylovlar chorvachilik va boshqa xo'jaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berilishi mumkin.

     Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi.

   2025-yil 1-dekabrgacha yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos