Янгиликлар
Turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi
Turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi
“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:
turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta'minlash;
mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.
Bo’ka tumani adliya bo’limi
YXKM boshlig’i
Niyozov Abdurasul