Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi


Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi

     “Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1023-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.

       Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

       ✔ Qonun aholining oziqlik qimmatiga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta'minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladi.

       Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi hamda O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tezkor chora-tadbirlarni belgilaydi.

        Qishloq xo'jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

        Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarish hisobiga qanoatlantirishdan iborat.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlariga asosan har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi.

   Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat