Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi


Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi

       “Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi

       Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo'shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

       Yangi tizim doirasida:

      yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug'orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;

     elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.

       Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g'olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo'ladi, jumladan:

     ▪yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;

     ▪qishloq xo'jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;

     ▪yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;

     ▪dala chetida 20 sotixdan ko'p bo'lmagan, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdug’apparov Abbos