Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qishloq xo'jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi


Qishloq xo'jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

 

      Farmonga ko'ra (PF-18-son, 03.02.2025 y.), yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1-martgacha to'liq yakunlanadi.

        Yangi tizim birinchi bosqichda 2025-yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025-yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va g'alla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan bo'sh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi.

      Yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga ko'ra, uni 2025-yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish bo'yicha taklif kiritib boriladi.

     Quyidagilar tashkil etiladi:

       “Qishloq xo'jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi”;

        belgilangan hokimliklar huzurida “Ijaraga berilgan qishloq xo'jaligi yerlariga xizmat ko'rsatish direksiyasi” davlat korxonalari.

       Organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvargacha yer solig'i 50 foiz miqdorida to'lanadi.

Bo’ka tumani adliya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

           Jamolov Samandar