Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Demokratizm prinsipining mazmun-mohiyati haqida bilasizmi?


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Demokratizm prinsipining mazmun-mohiyati haqida bilasizmi?

Demokratizm prinsipi — jamiyat ishtirokida adolatni qaror toptirish

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 6-moddasida belgilangan demokratizm prinsipi jinoyat huquqining ijtimoiy adolatga asoslangan muhim tamoyillaridan biridir. Ushbu prinsipga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan axloqiy tarbiya va tuzatish ishlari faqat davlat tomonidan emas, balki jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoalar ishtirokida ham olib borilishi mumkin.

Bu prinsip demokratik jamiyat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashda faqat jazolash emas, balki ijtimoiy tuzatish va qayta tarbiyalash usullarini ilgari suradi. Qonunda belgilangan ayrim hollarda, jinoyat sodir etgan shaxsni jazolash bilan birga, uni jamoa nazorati ostida axloqan tuzatish yo‘li tanlanadi. Bu orqali jinoyatchining jamiyatga moslashuvi, unga foydali a’zo bo‘lishi ta’minlanadi.

Masalan, jinoyat unchalik og‘ir bo‘lmagan holatlarda, sudlar aybdorni axloqiy jihatdan tuzatish bo‘yicha mahalla qo‘mitasi, kasaba uyushmasi yoki boshqa jamoaviy tuzilmalarga topshirishi mumkin. Bu chora, ayniqsa, yengil jinoyat sodir qilgan va ijtimoiy xavflilik darajasi past bo‘lgan shaxslar uchun samarali hisoblanadi. Bu orqali jinoyatchining jamiyatdan ajralib qolmasligi, balki ijtimoiy hayotga moslashuvi ta’minlanadi.

Demokratizm prinsipi jinoyatga faqat jazolash orqali emas, balki tarbiyaviy yo‘l bilan ham yondashishni ilgari suradi. Bu esa jinoyatchilik darajasini kamaytirish, insonparvarlik tamoyilini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa:

Demokratizm prinsipi jinoyat huquqining insonparvarlik va ijtimoiy adolatga asoslangan yondashuvini ifodalaydi. Jinoyatchini jamiyat ishtirokida tarbiyalash va uni ijtimoiy hayotga qaytarish orqali jinoyatga qarshi kurash yanada samarali va barqaror bo‘ladi. Bu prinsip jamiyat va davlat o‘rtasidagi hamkorlik asosida adolatni tiklashga xizmat qiladi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo‘riyev