Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasida aqli rasolik tushunchasining ma’zmun- mohiyati haqida bilasizmi?


O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasida aqli rasolik tushunchasining ma’zmun- mohiyati haqida bilasizmi?

Aqli rasolik — jinoyat huquqida javobgarlik mezoni

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasida aqli rasolik tushunchasiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, u jinoyat huquqida shaxsning javobgarlikka tortilish-qilmasligini belgilovchi muhim huquqiy mezonlardan biridir. Ushbu modda asosida, agar shaxs jinoyat sodir etgan vaqtda o‘z harakatlarining (yoki harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglab yetgan bo‘lsa va bu harakatlarini boshqara olgan bo‘lsa, u aqli raso shaxs deb hisoblanadi.

Demak, jinoyat sodir etishda shaxsning ruhiy holati muhim ahamiyatga ega. Agar shaxs jinoyat sodir etayotgan vaqtda o‘z qilayotgan ishining oqibatlarini tushunmaydigan bo‘lsa, u aqli noraso hisoblanadi va bunday shaxs jinoyat javobgarligiga tortilmaydi.

Aqli norasolikning huquqiy belgilari moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan: agar shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi, yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki boshqara olmagan bo‘lsa, u jinoyat uchun javob bermaydi. Bu holatda jinoyatni tushunish va ongli ravishda amalga oshirish qobiliyati bo‘lmagani e’tiborga olinadi.

Shunga qaramasdan, bunday shaxs jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, agar aqli noraso holatda bo‘lgan shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan bo‘lsa, unga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunday choralar shaxsning sog‘lig‘i va jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilanadi.

Xulosa:

Aqli rasolik prinsipi jinoyat huquqida shaxsning ruhiy holati va ongli xatti-harakat qilish qobiliyatiga asoslanadi. Bu prinsip adolatli yondashuvni ta’minlaydi, chunki javobgarlik faqatgina ongli va anglangan xatti-harakat uchun bo‘lishi mumkin. Aqli noraso shaxslar esa jazolanmaydi, balki tibbiy muolajaga yo‘naltiriladi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti U.Bo‘riyev