Янгиликлар
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–884-son, 25.12.2023 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi Shunga ko‘ra, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi. Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyasiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi. Apellyasiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyasiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim. Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyasiya 1 sutka ichida ko‘riladi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻziyeva