Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Iqtisodiy sudlarda da’vogar (arizachi) da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirishi mumkinmi?


Iqtisodiy sudlarda da’vogar (arizachi) da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirishi mumkinmi?

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksi (IPK)ning 157-moddasiga asosan da’vogar ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.

Da’vogar ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda tegishli sud instansiyasida ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.

Sud da’voning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud da’vodan voz kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy prosessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2019 yil 24 maydagi 13-sonli qarorining 13-bandiga ko‘ra, da’vogar IPK 157-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’vo asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda ko‘rilayotganida qo‘llanilmaydi. Qayd etilgan huquq da’vogar tomonidan, shuningdek hal qiluv qarori apellyasiya, kassatsiya instansiyalari tomonidan yoxud sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda foydalanilishi mumkin.

Da’vo predmetining o‘zgarishi da’vogarning javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablarining o‘zgarishini bildiradi..

Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi deganda, da’vogar tomonidan da’vo arizasida bayon qilingan o‘sha talab bo‘yicha da’vo summasining ko‘paytirilishi tushuniladi. Da’vo talablari miqdorining ko‘paytirilishi da’vogar tomonidan da’vo arizasida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha talablarni taqdim qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.

Sud da’vogarga da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishning IPK 111-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni tushuntirishi lozim.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, prosessual qonunchilikda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga o‘z huquq va manfaatlarini sud orqali ishonchli himoya qilish huquqlari kafolatlangan bo‘lib hisoblanadi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva