Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Sudga elektron da’vo arizasi berish” interaktiv xizmati test rejimida ishga tushirildi. Soliq to‘lovchi-yuridik shaxsning shaxsiy kabinetidagi shu nomdagi tugma iqtisodiy sudga da’vo bilan murojaat qilish imkonini beradi.


“Sudga elektron da’vo arizasi berish” interaktiv xizmati test rejimida ishga tushirildi. Soliq to‘lovchi-yuridik shaxsning shaxsiy kabinetidagi shu nomdagi tugma iqtisodiy sudga da’vo bilan murojaat qilish imkonini beradi.

1. Shaxsiy kabinetda xizmatlar tugmalari mavjud panelda “Hammasini ko‘rsatish”ga bosing. “Sudga elektron da’vo arizasi berish” xizmatini tanlang. Shakl ochiladi, uni to‘ldirish lozim.

2. Tegishli maydonlarga: siz rasmiylashtirayotgan arizaning tartib raqami, uni berish sanasi va da’vo summasini kiriting.

3. “Ishning asosiy toifasi” satrini to‘ldirish chog‘ida nizoning mohiyatiga eng ko‘p to‘g‘ri keladigan variantni tanlang. Ro‘yxatda – 49 ta toifa. Agar hech biri sizga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa, 50-pozisiyani tanlang. U boshqa pozisiyalarga “moslashtirish”ning imkoni bo‘lmagan barcha boshqa hollarni qamrab oladi.

4. “Da’vogar to‘g‘risidagi axborot” maydoni avtomatik tarzda to‘ldiriladi. Axborot yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlaridan o‘tkaziladi. Siz faqat uning haqqoniyligini tekshirasiz xolos. Zarurat bo‘lganda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “Hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” tugmasi yordamida tuzatish kiriting.

5. Javobgar to‘g‘risidagi axborotni kiriting. Buning uchun javobgarning STIRini kiritish yetarli va barcha qolgan maydonlar avtomatik tarzda to‘ldiriladi.

6. Shundan keyin da’vo arizasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlaymiz va ilova qilamiz: a) hujjatlarni qog‘oz shaklida tayyorlaymiz; b) skanerlaymiz; v) skaner qilingan hujjatlarni quyidagi tartibda ilova qilamiz: “da’vo arizasi”ni yozamiz, uning skanerini ilova qilamiz, “Qo‘shish” tugmasiga bosamiz va pastda sizda keyingi hujjatni kiritish uchun maydon paydo bo‘ladi va hokazo.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva