Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

. Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi


Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-103-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025 yil 1 iyulgacha ishga tushiriladi: ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish; o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish; zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish; loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish. 2025 yil 1 maydan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturi yo‘lga qo‘yiladi: o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish; kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashish. 2025 yil 1 avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasi tasdiqlanadi. Yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva