Янгиликлар
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog‘lik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi.
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog‘lik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi.
Vazirlar Mahkamsining 2025-yil 13-maydagi 313-sonli qarori bilan tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bog‘lik xarajatlarni undirish tartibi joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:
ularning O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;
ular va yaqin qarindoshlarining Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;
xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlar.
Deportatsiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini moliyalashtirish orqali qaytariladi.
Fuqaroning moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizasi ijobiy ko‘rib chiqilganidan so‘ng 1 ish kunida Migratsiya agentligi va fuqaro o‘rtasida qarz shartnomasi tuziladi. Shartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablag‘larning o‘rnini 30 kun muddatda qoplashi lozim.
Bo‘ka tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Niyozov Abdurasul