Янгиликлар
Ikki joyda ishlaganda, aliment qaysi ish joyidan to‘lanadi?
Ikki joyda ishlaganda, aliment qaysi ish joyidan to‘lanadi?
Aliment har ikki ish joyingizdagi daromadingizdan hisoblab chiqariladi.
Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi shart ekanligi belgilangan.
Ushbu kodeks 99-moddasiga muvofiq aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
• bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
• ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
• uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, normada “ish haqi va boshqa daromadlar” jumlasi keltirilgan. Soliq kodeksining 368-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining (resident) jami daromadlarini tashkil etishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu kodeks 371-moddasiga muvofiq mehnatga haq to‘lashga oid daromad jami daromadlar tarkibiga kirishi qayd etilgan.
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq sizning ikki ish joyidan olgan daromadlaringiz qo‘shilgan holda MIB tomonidan aliment miqdori belgilanadi.
Ohangaron tumani adiya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon o‘g’li