Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

DEKRET PULI QANChA MUDDATDA TO‘LANADI?


. DEKRET PULI QANChA MUDDATDA TO‘LANADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yildagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 69-bandiga ko‘ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalar, shu jumladan, sil kasalligi sanatoriy va sog‘lomlashtirish muassasalarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar, ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi.
O‘z navbatida, Mehnat kodeksining 253-moddasiga asosan xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, o‘n olti kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.
Ya’ni, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa — “dekret puli” ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim.
Mehnat kodeksi 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

Ohangaron tumani adiya bo’limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon o‘g’li