Янгиликлар
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari
"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonunning 30-moddasiga ko‘ra yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:
- yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;
- qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.
Ohangaron tumani adiya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon o‘g’li