Янгиликлар
Ayirboshlash shartnomasi nima?
Ayirboshlash shartnomasi nima?
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo‘li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi.
Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yo‘li bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ohangaron tuman Adliya bo’limi yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i: A.Sa’dullayev