Янгиликлар
Prokat shartnomasi nima?
Prokat shartnomasi nima?
Prokat shartnomasi bo‘yicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko‘char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.
Prokat shartnomasi bo‘yicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste’mol maqsadlarida foydalaniladi.
Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.
Ohangaron tuman Adliya bo’limi yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i: A.Sa’dullayev