Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Soliqlar va yig‘imlar deganda nima tushuniladi?


Soliqlar va yig‘imlar deganda nima tushuniladi?

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 16-moddasiga ko’ra: Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich