Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari nima tushuniladi?


Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari nima tushuniladi?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 103-moddasiga ko’ra: Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv bo‘lib, unga muvofiq xodim ish beruvchining manfaatini ko‘zlab, ushbu kelishuvda belgilangan mehnat vazifasini uning rahbarligi va nazorati ostida shaxsan bajarish, ichki mehnat qoidalariga rioya etish majburiyatini, ish beruvchi esa xodimga shartlashilgan mehnat vazifasi bo‘yicha ish berish, xodimga ish haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda to‘lash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va ushbu kelishuvda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflaridir.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich