Янгиликлар
Mehnat shartnomasining muddatini belgilashni qanday usullari bor?
Mehnat shartnomasining muddatini belgilashni qanday usullari bor?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko’ra: Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;
mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;
yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (obyektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).
Bekobod tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich